O‘zbekiston | 18:06 / 15.09.2017
16003
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zmilliybank «Yoshlik» sport kompleksini Osiyo Chempionati uchun rekonstruksiya qildi

Foto: O‘zmilliybank

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2017 yil 13 martdagi farmoyishiga asosan, O‘zmilliybank «Yoshlik» sport sog‘lomlashtirish markazi joriy yilning 9-16 sentabr kunlari mobaynida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladigan sport komplekslar ro‘yxatiga kiritilgan.

Toshkent shahrida to‘qqizinchi mintaqalararo birinchilikka tayyorgarlik ko‘rish va xalqaro suzish federatsiyasi talablariga muvofiq kerakli sharoitlarni yaratish maqsadida Milliybank tomonidan «Yoshlik» sport sog‘lomlashtirish markazi suv polosi musobaqasini o‘tkazish uchun kapital ta'mirdan chiqarildi.

«Yoshlik» sport majmuasi kompleksi qurilganiga 20 yildan oshiq vaqt bo‘lgan va xalqaro darajadagi sport musobaqalarini o‘tkazish uchun talablarga javob bermas edi. So‘nggi 6 oy davomida barcha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va sport kompleksning cho‘milish havzalari yuqori talablarga javob beradigan darajada modernizatsiya qilindi.

Foto: O‘zmilliybank

Rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganidan so‘ng mazkur obektga eng yuqori 5-toifa berildi. Osiyo chempionati qatnashchilarining ixtiyorida endilikda 2ta zamonaviy hovuz mavjud bo‘lib: bittasi uzunligi 25 metrli va ikkinchisi 50 metrli ochiqdagi hovuzlar. Kapital ta'mirlash natijasida muxlislarning o‘rindiqlari soni ikki barobarga oshgan va 500taga yetkazildi.

Foto: O‘zmilliybank

«Ta'kidlash joizki, musobaqaga tayyorgarlik oliy darajada amalga oshirilgan va barcha jihatlar inobatga olingan. Aytib o‘tish kerakki, tashkilotchilar musobaqani tashkil etish bo‘yicha bizning barcha kutganlarimizni amalga oshirishdi. Mening nuqtai nazarimcha, dunyo miqyosidagi musobaqalar bo‘yicha 35 yillik tajribamni inobatga olib, sizlarni ishontirib aytamanki, tashkilotchilik masalalari haqiqatda eng yuqori darajada amalga oshirilgan. Milliy bankka qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘zimning alohida minnatdorchiligimni bildiraman, chunki bunday yuqori darajadagi musobaqalarni amaliy yordamsiz o‘tkazish murakkab vazifadir», deya ta'kidladi suv sporti bo‘yicha 9-o‘smirlar Osiyo chempionati raisi Husrav Aminiy.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid