Jamiyat | 15:40 / 15.09.2017
10024
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotada daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqaro 300 mln. so‘mlik moddiy zarar yetkazdi

Foto: Sochi.com

Toshkent viloyati Zangiota tumanida daraxtlarni noqonuniy kesish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Xususan, Toshkent tumanida yashovchi B.S. Zangiota tumani “Darxon” mahallasidagi (sobiq Dendropark hududi) 240 tup turli xildagi manzarali daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib olib ketib, o‘simlik dunyosiga jiddiy ziyon keltirgan.
 
B.S. tomonidan yetkazilgan moddiy zarar miqdori 300 mln. so‘mdan oshiq baholanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzor, o‘rmon va boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish va ularni nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi nazoratiga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid