Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrar universiteti Xitoyning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha OTM va tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
2017 yilning 7 iyulidan – 4 sentabriga qadar Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Xitoy Savdo-sanoat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “Training Course on Bee, Grain and Oil Crops Boosting Comprehensive Technology for Developing Countries 2017” mavzusida Xitoyning Xunan viloyati Chansha shahrida xalqaro o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur halqaro o‘quv-seminarini o‘tkazishdan maqsad, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida qishloq xo‘jaligining moyli va dukkakli ekinlar, asalarichilik yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or texnologiya bazalari bilan tanishish va soha rivojiga yo‘naltirishdan iboratdir.
Mazkur xalqaro o‘quv-seminar XXR Xunan viloyati “Hunan Agricultural Group Co Ltd.” tashkilotida bo‘lib o‘tdi. Xalqaro o‘quv-seminar doirasida dunyoning rivojlanayotgan 14 ta: Xitoy, O‘zbekiston, Gruziya, Nepal, Shri-Lanka, Keniya, Zimbabve, Eritriya, Sudan, Panama, Samoa, Grenada, Yamayka davlatlaridan ishtirokchilar ishtirok etishdi.
Xalqaro o‘quv-seminar doirasida Xunan agrar universiteti, “Hunan Grain Group Limited Liabity Company”, “Beeboy company”, “Hunan Camellia Co Ltd,”, “Hunan Tea Co Ltd,”, “Hunan chenzhonou Grain and Oil Machinery Co Ltd,”, “Huimei Agricultural Science and Tehnology Co.Ltd.”, “Hunan Guangy Grain and Oil cotton Co Ltd.”, “He Dong Ting”, “Soybean Co Ltd.” tashkilotlarida va dehqonchilik sharoitida asalarichilikni rivojlantirish dalasida tajriba almashish, malakali mutaxassislar bilan o‘quvlar olib borildi.
Mazkur xalqaro o‘quv-seminarda Toshkent davlat agrar universitetning “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasi dotsenti Aktam Azizov, assistentlar Musurmon Ochilov hamda “O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar” fakulteti, “Manzarali bog‘dorchilik va ekologiya” kafedrasi assistenti Farida Kuldashevalar ishtirok etib qaytishdi.
Xalqaro o‘quv-seminar yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro toifadagi sertifikatlar taqdim etildi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026