Jahon | 23:09 / 16.09.2017
30257
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: Qirg‘iziston prezidenti va'dasida turadi va uni amalga oshirish uchun oxirigacha boradi

Foto:knews.kg

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik jurnalist Siyagul Karamanga intervyu berdi va unda Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, Qirg‘izistonni porloq kelajak kutayotgani haqida so‘zladi.

“Agar biz qirg‘iz xalqining iste'dodi va mehnatsevarligi va qirg‘iz yerining imkoniyatlari, ma'danli zaxiralarini hisobga olsak, Qirg‘izistonda qiziq va porloq kelajak bor”, deb aytgan Putin.

Uning aytishicha, Qirg‘iziston va Rossiyani umumiy tarix, madaniyat bog‘lab turadi.

“Biroq bu bizni birlashtiradigan yagona narsalar emas. Ko‘plab qardosh, shaxsiy, do‘stona aloqalar mavjud. Qirg‘izistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar importi 2,3 marotaba oshgan”, deb aytdi Putin. 

Intervyuning katta qismi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevga bag‘ishlandi. 

“Qirg‘iziston prezidenti yorqin, his-tuyg‘ularga boy odam. U bir so‘zli insondir. U bilan ba'zida nimadir haqida kelishish qiyin kechadi, biroq agar kelishilsa, u kelishuvni bajarish uchun oxirigacha boradi. Men ham shunday qilishga harakat qilaman. Balki uning qilayotgan ishlari hammaga ham yoqmas. Biroq hamma unga juda jiddiy odamdek munosabatda bo‘ladi. Uning so‘zi ishi bilan ayro emasligi sababli shundaydir. O‘ylaymanki, Qirg‘iziston bundan faqat yutadi, davlatga jiddiy hamkor sifatida qaraladi”, deb aytgan Putin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid