Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Tottenhem» 9 yillik antirekordini takrorladi
Angliya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakunlandi. Unda «Tottenhem» o‘z uyida, aniqrog‘i «Uembli»da «Suonsi»ni qabul qildi.
90 daqiqa davomida jamoalar raqib darvozasi oldida o‘z omadini izlab ko‘rdi. Biroq na mezbonlarga va na mehmonlarga gol urish nasib etmadi va uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
Natijada «Tottenhem» ketma-ket uchinchi o‘z uyida o‘tgan uchinchi uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi va 9 yillik oldingi rekordini takrorladi. Shuningdek «Tottenhem» 2016 yilning yanvaridan buyon ilk marta o‘z uyida kechgan uchrashuvda gol kirita olmadi.
«Tottenhem» ushbu durangdan so‘ng ochkolari sonini 8taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. «Suonsi» esa 5 ochko bilan 14-pog‘onani band etgan.
Angliya premer-ligasi, 5-tur
Tottenhem – Suonsi 0:0
Tottenhem: Loris, Vertongen, Alderveyreld, Tripper, Sanches, Sissoko (Ore, 63), Dayyer, Eriksen, Alli, Keyn, Son Hyong Min (Lorente, 74).
Suonsi: Fabianski, Mouson, Fernandes, Olsson, van der Horn (Rautlej, 85), Sanshesh (Fer, 58), Klukas, Kerroll, Noton, Ayyu, Abraxam (Boni, 72).
Ogohlantirishlar: van der Horn (63), Kerroll (86), Alderveyreld (88).
Mavzuga oid
22:00 / 13.05.2018
«Manchester Siti» tarixiy g‘alabaga erishdi. Yana yangi rekordlar
21:48 / 09.05.2018
Italiyada kubok, Angliyada YeChL uchun kurash. Bugungi o‘yinlar haqida
12:47 / 08.05.2018
Anons: Bugun Angliyada «hayot-mamot to‘qnashuvi»
21:40 / 06.05.2018