Jahon | 00:21 / 17.09.2017
3475
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada 5,6 mln dan ko‘proq iste'molchi uchun elektr ta'minoti tiklandi

Foto: AP Photo / David Goldman

AQShning Florida shtatida “Irma” dovuli sababli elektr ta'minotidan mahrum bo‘lgan 5,6 mln dan ko‘proq iste'molchi uchun elektr ta'minoti tiklandi. Bu haqda shtat gubernatori Rik Skott ma'lum qildi. 

“5,6 mln dan ko‘proq turar joy va ofis binolarida elektr ta'minoti tiklangan”, deb ma'lum qildi Skott tvitterdagi sahifasida.

Florida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda 1,1 mln dan sal ko‘proq yoki 10 foizga yaqin iste'molchi elektr ta'minotisiz qolmoqda.

“Irma” dovuli kamida oxirgi 10 yil ichidagi Atlantika okeanidagi eng kuchli dovul bo‘ldi. Mutaxassislar uni “Harvi” dovulidan ham kuchliroq deb hisoblashmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid