Jahon | 21:30 / 17.09.2017
7411
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukraina mudofaa byudjyetini milliard dollarga oshirdi 

Prezident matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2018 yilgi mudofaa byudjyeti haqidagi farmonni imzoladi. 

Shu tariqa Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining qarori kuchga kiradi. Unda 2018 yilda mamlakat xavfsizligi va mudofaasiga YaIMning kamida 5 foizi darajasida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. 

Keyingi yilda Ukrainada mudofaa maqsadlari uchun 165,37 mlrd griven (6,3 mlrd dollar) mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Bu esa joriy yildagi mudofaa xarajatlaridan milliard dollarga ko‘proqdir. Joriy yilda Ukrainada mudofaa xarajatlari 136 mlrd grivenni (5,1 mlrd dollar) tashkil qilgan.

Farmonga ko‘ra, Ukraina mudofaa vazirligi 83,3 mlrd griven, Milliy gvardiya — 11 mlrd, milliy politsiya — 24,3 mlrd, chegara xizmati — 9 mlrd, favqulodda hodisalar davlat xizmati — 10,7 mlrd va Ukraina xavfsizlik xizmati 7,6 mlrd griven oladi.

Mavzuga oid