Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 17 sentabr kuni Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ushbu tashrif doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Bundan avvalroq 16 sentabr kuni O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan kelgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ham Turkmanistonga ushbu tadbirda ishtirok etish uchun jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
11:13 / 12.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
15:32 / 16.01.2025