Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada sayyohlar avtobusi jarga qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning Antalya viloyatida sayyohlar avtobusi 50 metrlik balandlikdan jarga qulab ketdi, deb xabar bermoqda Hurriyet nashri. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangan.
Dogan nashrining ma'lum qilishicha, YTH 17 sentabr soat 11 larda yuz bergan. Xususiy kompaniyaga tegishli bo‘lgan avtobus haydovchisi Manavgatadan Adrasan qishlog‘iga turkiyalik sayyohlarni olib ketayotganda boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, jarlikka qulagan.
Voqea joyida shifokorlar, qutqaruvchilar va politsiya ish olib borgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.