Light | 20:04 / 18.09.2017
63958
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyo davlatlarining eng g‘aroyib bayroqlari

Bayroqlar qabilaviy urushlar paytidan muhim rol o‘ynagan - ular niyat va maqsadlarni bildirish yoki ogohlantirish ramzi bo‘lgan. Bayroq - bu nafaqat belgi, balki haqiqiy mafkura ham. Albatta, so‘nggi asrlarda bayroqning funksiyasi o‘z dolzarbligini biroz yo‘qotgandek, biroq bir-biriga o‘xshash zerikarli bayroqlar orasida noodatiylari ham bor. Trendymen insoniyat tarixidagi eng g‘aroyib bayroqlar haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

Sitsiliya

Foto: Trendymen

Sitsiliyaning qadimiy bayrog‘i birinchi marta 1282 yilda Palermodagi Sitsiliya voqealaridan keyin qabul qilingan. Bayroqning markazida treskelion (umumiy markazdan chiquvchi uch oyoq), Meduza gorgonaning boshi, shuningdek uch ilon (yoki bug‘doy) tasviri tushirilgan. Uch oyoq Sitsiliyaning uch nuqtasini anglatadi. Triskelionning yana bir nomi - Trinakriya (yunoncha trinacrios so‘zidan olingan bo‘lib, uchburchak ma'nosini anglatadi), orolning antik davrda yunonlar tomonidan berilgan ilk nomi hisoblanadi (orolni fath qilganlar uning shakliga qarab shunday nom berishgan). Bayroq rangi Sitsiliyada hukmronlik qilgan Anjuy uyiga qarshi konfederatsiyaga asos solgan Palermo va Korleone shaharlari ramzidir.

Havayi

Foto: Trendymen

Havayi hech qachon Britaniya imperiyasining bir qismi bo‘lmagan bo‘lsa-da, arxipelag hanuz mustamlaka ranglar tavsirlangan bayroqqa ega. Bu tasodifan ro‘y bergan - u paytlar Havayi mahalliy monarx Kamamex tomonidan boshqarilgan. U Yunion Jyekning go‘zalligiga shu qadar shaydo bo‘lganki, o‘zining orol davlatining rasmiy bayrog‘ini ham shu yo‘nalishda qabul qilgan.

Men oroli

Foto: Trendymen

Dunyo xaritasidagi yana bir triskelion, jahonning eng qadimiy bayroqlaridan biri, so‘nggi o‘zgarish - XIII asrning ikkinchi yarmida qayd etilgan, ammo 1971 yilning 27 avgustidagina rasman qabul qilingan.

Kamboja

Foto: Trendymen

Kambojaning 1942-1945 yillarda yapon ishg‘oli davridagi bayrog‘i. Bayroq aniq militaristik va siyosiy ahamiyat kasb etadi.

Zair

Foto: Trendymen

Namoyishkorona-inqilobiy asos Zair bayrog‘ida o‘z aksini topgan. Zair - butun XX asr mobaynida ozodlik uchun kurashni to‘xtatmagan mamlakat.

Nepal

Foto: Trendymen

Klassik to‘rt burchak shaklga ega bo‘lmagan yagona milliy bayroq.

Antarktika

Foto: Trendymen

Antarktida davlat maqomiga ega bo‘lmasa-da, o‘z bayrog‘iga ega va bu uning neytral hudud ekaniga ishora qiladi.

Mavzuga oid