Jahon | 05:05 / 23.06.2016
217557
5 daqiqa o‘qiladi

Davlat bayroqlarida yashiringan ma'nolar

Mamlakat bayrog‘i bu oddiygina timsol emas, balki butun bir mafkura hisoblanadi. Ular mamlakatning tarixi va mafkurasi haqida aytib turadi. Ko‘pchilik bayroqlarga joylangan ma'noni tushinmaydi. Quyidagi o‘n mamlakat bayroqlaridagi ma'nolarni misol sifatida ko‘rishingiz mumkin.

Xitoy


Xitoyning qizil bayrog‘i kommunistik revolyutsiyani anglatadi. Tilla yulduzlar kommunizmning birlamchi tizimini aks ettiradi. To‘rtta kichik yulduzlar esa mamlakatda turli xil ijtimoiy qatlamlar mavjudligini bildiradi. 

Botsvana


Bu bayroq qora markaz, oq rangdagi ikki chiziq, tepa va pastki qismdagi yorqin ko‘k rangli chiziqdan iborat. Qora va oq rang uyg‘unlik, ko‘k rang esa mamlakatning suvga qaramliligini bildiradi.

Birlashgan Arab amirliklari (BAA)


BAA bayrog‘iga 1971 yilda asos solingan bo‘lib, undagi oq rang tinchlik va halollikni anglatadi, qora esa dushmanlarni qo‘rqitish maqsadida, qizil rang esa jasorat va bahodirlik, yashilrang esa umid va optimistlikni bildiradi.

Braziliya


Braziliya bayrog‘idagi 27 yulduz mamlakat shtatlarini aks ettiradi va tungi osmonda yulduzlar qay tariqa joylashgan bo‘lsa, aynan shunday sxemada tuzilgan. Yashilrang o‘rmonni, sariq mamlakat olmos zahiralarini anglatadi.

Hindiston


Hindiston bayrog‘ining rangi hind dini turfa xilligini anglatadi. Olovrang jasorat timsoli bo‘lib, hindlar va buddistlar uchun muhim rang sanaladi. Oq poklik, yashilrang esa iymon va unumdorlik ramzi sanaladi. Markazdagi aylana qadimiy Ashoka Chakra timsoli bo‘lib, u Qonun g‘ildiragi deb ham nomlanadi.

Livan


Livan bayrog‘i tepa va pastki qismda ikki qizil chiziqqa ega bo‘lib, ular ozodlik uchun to‘kilgan qonni anglatadi. Oq rang tinchlik va tog‘ cho‘qqilaridagi qorni, yashil kedr daraxti esa  abadiy hayot ramzini bildiradi.

Shimoliy Koreya


Shimoliy Koreya bayrog‘ida qizil rang va yulduz davlat mafkurasini anglatadi. Oq chiziqlar poklikni bildiradi, havorang chiziqlar esa tinchlik ramzi hisoblanadi.

Avstraliya


Avstraliyada 1901 yili davlat bayrog‘i yaratilganida mamlakat Britaniya imperiyasi tarkibiga kirishini anglatish uchun Yunion Jyek qo‘shilgan. Ko‘k fon mustamlaka xalqlar bayroqlarining umumiy mavzusi sanaladi. Olti qirrali yulduzlar Avstraliyadagi oltita shtatni aks ettiradi.

Janubiy Afrika


1994 yil mamlakatda demokratiya o‘rnatilganidan so‘ng yangi davlat birligi va xilma-xilligini ifodalovchi bayroq yaratish haqida qaror qabul qilindi. Bayroq o‘zida Afrik milliy kongressi ranglari (sariq, yashil va qora) bilan Yunion Jyek gibridini aks ettiradi.

Buyuk Britaniya


Ittifoq bayrog‘i, shuningdek, Yunion Jyek deb tanilgan davlat ramzi uchta bayroqni o‘zida mujassamlashtirgan  — Angliyaning Avliyo Jorj xochi, Shotlandiyaning Avliyo Andrey xochi va Irlandiyaning Avliyo Patrik xochi.    

O‘zbekiston 

 

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi. Bayroqdagi to‘q moviy rang mangu osmon va obihayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. 
Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. 
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. 
Qizil chiziqlar esa tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir. 
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi sanaladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. O‘n ikki yulduzga bo‘lgan e'tibor Vatanimiz sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi.                

Mavzuga oid