Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus sportchilari Paralimpiya o‘yinlari ochilishida Rossiya bayroqlarini ham ko‘tarib chiqishadi
Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida belaruslik sportchilar birdamlik ramzi sifatida turnirdan chetlatilgan Rossiya bayroqlarini ham ko‘tarib chiqishadi. Bu haqda Sputnik Belarus nashri Belarus Paralmpiya qo‘mitasi raisi Oleg Shepelga asoslangan holda xabar qildi.
"Belarus Paralmpiya qo‘mitasi raisi sifatida men bu yerda ham, Braziliyada ham jim turmoqchi emasman. Men Riodagi o‘yinlar ochilishi marosimi vaqtida sportchilar Belarus va Rossiya bayroqlarini birga olib chiqishiga ko‘rsatma berdim", degan u.
U nogironlarni siyosatga aralashtirishni noinsoniylik deb atagan.
"Men aminmanki, 1,5 yil o‘tar-o‘tmas ular Rossiya Paralimpiya terma jamoasidan uzr so‘ray boshlashadi... Ular odamlarning ko‘nglini qoldirish yomon ish ekanini tushunib yetishadi", deya qo‘shimcha qilgan Shepel.
Bundan oldinroq, Sport Arbitraj sudi Rossiya Paralimpiya terma jamoasi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etmasligini ma'lum qilgandi.
O‘yinlar 7-18 sentabr kunlari davomida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
14:41 / 11.09.2024
"Siz imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini yana bir bor isbotladingiz" - Saida Mirziyoyeva paralimpiyachilarga minnatdorlik bildirdi
07:45 / 17.11.2022
Rossiya va Belarusning XPQdagi a’zoligi to‘xtatildi
18:35 / 18.11.2021