Jamiyat | 11:51 / 18.09.2017
28278
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi

Foto Tengrinews.kz

Qozog‘iston poytaxti Ostonada shahridagi qurilish obektlaridan birida O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews.kz shahar hokimiyati saytiga asosan xabar qilmoqda.

Ostona shahri Ichki ishlar departamenti tergov boshqarmasida bilan sudga qadar tergov ishlari amalga oshirilmoqda. 

"Aniqlanishicha, qurilish maydonchasidagi devor qurilish materiallarining haddan tashqari ko‘p joylashtirilgani tufayli qulagan. Qurilish obekti rahbari, Qozog‘iston Respublikasining 1970 yilda tug‘ilgan fuqarosi JKning 128-moddasi bo‘yicha qo‘lga olindi va Ichki ishlar departamentiga olib ketildi. Tegishli ekspertiza ishlari amalga oshiriladi. Tergov davom etmoqda", - deya xabar berishgan Ostona IID matbuot xizmatidan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa “Sariarka” tumanidagi Alash, 25 manzilida joylashgan qurilayotgan obektda ro‘y bergan. Oraliq plita va devor qulab tushgan. "Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir nafari shifoxonaga olib ketildi", - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, hozirgi paytda Ostona IID boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Odilovning topshirig‘iga ko‘ra, tezkor-tergov guruhi tashkil etildi. U tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid