Tojikiston hukumati dafn marosimlarida baland ovozda yig‘lashni taqiqladi
Tojikiston Diniy ishlar qo‘mitasi Ulamolar kengashi va Islomshunoslik markazi bilan birgalikda dafn marosimlarini o‘tkazish va ta'ziya bildirish tartibini belgiladi. Dafn marosimlarini o‘tkazish qoidalari risola ko‘rinishida yarim million nusxada bosmadan chiqarildi. News.tj shu haqida xabar berdi.
Risola 8 bo‘limga ajratilgan bo‘lib, birinchisida umumiy qoidalar berilgan. Ularga ko‘ra, dafn va aza marosimlari Tojikistonda rasman qabul qilingan xanafiy mazhabiga muvofiq o‘tkazilishi lozim.
Ikkinchi bo‘limda dafn marosimi tushunchasi o‘z ichiga nimalarni olishi batafsil tasvirlanadi. Unda marhumning janozasini qachon o‘qish kerakligi (kunning qaysi qismida vafot etganiga qarab) borasida tavsiyalar beriladi.
Go‘rkovlar mehnati to‘lovi vakolatli shaxslar ishtirokida marhumning yaqinlari tomonidan amalga oshiriladi.
Uchinchi bo‘lim marhumning jasadini vidolashuvga tayyorlash jarayonlarini o‘zi ichiga oladi.
Qoidalarga ko‘ra, dafn marosimi vaqtida ko‘z yosh to‘kish mumkin, biroq baland ovozda qichqirish, sochni yulish, yuzni tirnash, shuningdek maxsus "yig‘lovchi"ni chaqirish taqiqlanadi.
Marhumning uyida farzandlari va yaqin qarindoshlaridan boshqa hech kim qolishi kerak emas.
Marhumning yaqin qarindoshlariga uch kun aza tutishga ruxsat beriladi. An'analarga ko‘ra, erkak kishi uy ichida egniga ko‘k rangli chopon, boshiga do‘ppi kiyishi va belbog‘ bog‘lashi mumkin. Shuningdek chopon kiymagan holda, ko‘ylakning ustidan belbog‘ bog‘lashga ham izn berilgan.
Ayollar boshlariga katta ko‘k doka ro‘mol, keng ko‘ylak va ko‘k rangli lozim kiyib, belbog‘ bog‘lashlari maqsadga muvofiq.
Xalq an'analariga ko‘ra, dafn va aza marosimlarida qora rangli kiyim kiyish taqiqlanadi.
Barcha marosimlar, shu jumladan "3 kun", "40 kun" va "yil" marosimlari hech qanday mol so‘yish va dasturxon tuzashsiz o‘tishi kerak. Boshqa yangi kiritilgan urf-odatlar - «panj», «shabi haft», «shabi no‘h», «ro‘zi chil», «dushanbegi», «jumagi» kabilarni o‘tkazish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024