Shotlandiyalik yer sharini velosipedda rekord qisqa vaqt ichida aylanib chiqdi
Shotlandiyalik Mark Bomont yer shari atrofini velosipedda 79 kunda aylanib chiqib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bergan.
34 yoshli erkakni bunday sayohatga yozuvchi Jyul Vernning "Yer atrofini 80 kunda" asari ilhomlantirgan. Bomont o‘z sayohatini Parijda 2 iyulda boshlagan va 18 sentabrda yana shu yerda yakunlagan. Velosipedchi kuniga o‘rtacha 370 km yo‘l o‘tib, sayohati davomida 29 ming km yo‘l bosib o‘tgan. Sayyoh uxlashga har kuni 5 soat ajratgan.
Bomont Rossiya va Mo‘g‘uliston orqali Xitoyga yetib borib, u yerdan samolyotda Avstraliyaga kelgan. So‘ngra u Yangi Zelandiyagacha yetib borib, u yerdan samolyotda AQShga kelgan. U Amerikadan Kanadagacha, so‘ngra Yangi Shotlandiyagacha yetib borgan. Va nihoyat, sayyoh Portugaliyaga kelib, u yerdan Fransiyaga qaytib kelgan.
"Bu mening hayotimdagi eng uzun 2,5 oy, eng tinkamni quritgan sinov bo‘ldi. Har yangi kun jismoniy va aqliy bardoshligimning sinovi bo‘ldi", deb aytgan Bomont finishdan keyin.
Shotlandiyalik safari davomida bor-yo‘g‘i ikki marta yiqilib tushgan. Ulardan biri Rossiyada yuz bergan. Bu yiqilish oqibatida sayyoh tish shifokoriga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan.
Velosipedchi o‘zi o‘rnatgan avvalgi jahon rekordini 44 kunga yaxshiladi. Bungacha Bomont Yer atrofini 194 va 123 kunda aylanib chiqqan.
Mavzuga oid
22:55 / 02.11.2024
Yaponiyada endi velosiped haydash vaqtida telefondan foydalangan shaxslar qamaladi
10:20 / 22.10.2024
Eronlik erkak tinchlik uchun 40 yil ichida 80 mamlakatni velosipedda aylanib chiqdi
01:59 / 30.09.2024
Latviya prezidenti velosipeddan yiqilib qo‘lini sindirib oldi
18:40 / 20.08.2024