Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: "Amerika nizo va kurashlar emas, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik tarafdori"
Foto: Shannon Stapleton/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp BMT minbaridan turib, barcha prezidentlar o‘z davlatini birinchi o‘ringa qo‘ygani kabi, u ham AQShni doim birinchi o‘ringa qo‘yishini ma'lum qildi.
"Men hukumatni tortib olish uchun emas, uni o‘z egasiga, ya'ni xalqqa berish uchun saylandim. Tashqi siyosatda biz suverenitetning bu asosiy tamoyillarini yangilamoqdamiz", - dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumatining birinchi burchi — xalqqa xizmat qilish va uning xavfsizligini ta'minlash.
"AQSh prezidenti sifatida men Amerikani birinchi o‘ringa qo‘yaman, xuddi sizlar, rahbar siftida o‘z mamlakatlaringizni birinchi o‘ringa qo‘yishingiz kerakligi kabi", - deya ta'kidladi Tramp.
Oq uy rahbarining bu bayonoti zalda katta olqishlar bilan kutib olindi.
Shuningdek Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar hududiy ekspansiyaga emas, "o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik" sari intilayotganini ta'kidladi.
"Biz nizo va kurash emas, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik tarafdorimiz. Bizni mafkura emas, natija qiziqtiradi. Biz umumiy maqsadlar, manfaatlar va qadriyatlarga asoslangan realizm siyosatini yuritmoqdamiz", - dedi Oq uy rahbari.
Shuningdek Tramp Amerika o‘z qarashlarini birovlarga targ‘ib qilmoqchi emasligi, shunchaki boshqalarga ibrat bo‘lishni istashini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
17:31 / 17.02.2026
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
08:51 / 17.02.2026
Ispaniya BMT orqali Kubaga gumanitar yordam yubordi
15:58 / 11.02.2026
BMT Bosh assambleyasi rahbari Berbok BMT nizomiga amal qilishga chaqirdi
15:14 / 06.02.2026