Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp bugun BMT Bosh assambleyasida chiqish qiladi. Nutq “chuqur faylasufona” bo‘lishi kutilmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba kuni BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlaydi. Unda, kutilishicha, Eron va KXDR atrofidagi global muammolar, shuningdek, BMTni isloh qilish bilan bog‘liq pozitsiya bildiriladi.
Dushanba kuni AQSh rahbari qator davlatlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi va ularda BMTning “samarali islohoti” haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshga o‘zgarishlarni boshlash chaqirig‘i bilan chiqishdi.
Trampning Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohidagi chiqishi, uning eng asosiy xalqaro tashkilot maydonchasidagi birinchi nutqi bo‘ladi. AQSh rahbari bundan avval tashkilot obro‘sini bir necha marotaba shubha ostiga qo‘ygandi.
BMTni isloh qilish
Trampning nutqiga oid ba'zi tafsilotlar Oq uyning yuqori lavozimli vakili tomonidan taqdim etilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ma'ruza “chuqur faylasufona” bo‘ladi.
"Bu ma'ruza – prezidentning jahonning barcha davlatlariga Amerika o‘zini dunyoda qanday ko‘rayotgani, qanday harakat qilayotgani, uning qadriyatlari va boshqa mamlakatlarga munosabati bo‘yicha konsepsiyasi hamda deklaratsiyasidir. Bu chuqur faylasufona murojaat bo‘ladi", - deya ma'lum qilgan Oq uy vakili.
Uning ta'kidlashicha, prezident "o‘z nutqini yozish, rivojlantirishga juda ko‘p vaqt sarflagan", umuman olganda, u Trampning shaxsiy ustuvor maqsadlarini anglatadi.
Nutqdagi asosiy jihatlardan biri - BMTni isloh qilish bo‘ladi. Trampning o‘zi kecha bu mavzu haqida gapirar ekan, BMTni yana buyuk qilish haqida so‘z yuritgan.
"O‘ylashimcha, signal bunday: "Birlashgan Millatlarni buyuk qilamiz". "Yana" emas, balki BMTni shunchaki buyuk qilamiz. Shunday katta salohiyat. O‘ylashimcha, biz buning uddasidan chiqamiz", - dedi Tramp.
U BMTni isloh qilishga bag‘ishlangan forumdagi chiqish vaqtida tashkilotni byurokratizm uchun tanqid qildi va 2000 yildan beri tashkilotning moliyalashtirilishi 140 foizga oshganiga qaramay, bu kerakli natijalar bermaganini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT to‘la salohiyatiga erishmadi, hamda AQSh tashkilotning eng yirik donori sifatida kerakli natijalarni ko‘rmayapti, shuning uchun tashkilotni isloh qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, Tramp AQSh BMTga boshqa istalgan davlatdan ko‘proq vaqt va mablag‘ sarflayotganiga e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan.
Eron, KXDR va demokratiya himoyasi
Trampning nutqidagi yana bir muhim mavzuga Eron va KXDR atrofidagi vaziyat aylanadi.
"Nutqda bugungi tahdidlar – jahon barqarorligi va tinchligiga xavf solayotgan rejimlar tilga olinadi. U Shimoliy Koreyadagi rejim haqida alohida gapiradi, hamda, albatta, Erondagi rejim ham eslab o‘tiladi", - degan Oq uy vakili.
Shuningdek, amaldorning aytishicha, Tramp Venesueladagi vaziyat va terrorizm haqida gapiradi.
AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, nutqning bir qismi demokratik qadriyatlarni himoya qilishga bag‘ishlanadi. "U o‘zining ilk chiqishida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash haqida signal yubormoqchi. U bu qadriyatlar hujumga uchrayotganiga e'tibor qaratish niyatida", - deya ta'kidlab o‘tdi Tillerson CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, Tramp seshanba kuni BMT Bosh assambleyasidagi nutqida millatlarni qurish, deb aytilayotgan narsadan manfaatdor emasligini ma'lum qilishi kutilmoqda. "Prezident millatlarni qurish, demokratiyalarni Amerika qurolli kuchlari orqali tashkil etishdan manfaatdor emasligini aytadi. U jahondagi barqarorlikni xavfsiz, farovon suveren davlatlar orqali yaratishdan manfaatdor", - degan Oq uy vakili.
Millatlarni qurish, deganda AQShning Iroq va Afg‘oniston, shuningdek, boshqa davlatlardagi harbiy amaliyotlari, bu mamlakatlarda AQShga mos tushuvchi boshqaruv tizimlarini yaratish tushuniladi. Bunday siyosat Trampdan avvalgi rahbarlar – kichik Jorj Bush va Barak Obama tomonidan olib borilgan.
Shu bilan birga, Tramp o‘z nutqida Rossiyani tanqid qilishi yoki qilmasligi hozircha noma'lum bo‘lib turibdi. "Nutqda tegishli signal yuboriladigan barcha buni yaxshi tushunib yetadi", - dedi Oq uy vakili jurnalistlarning tegishli savoliga javob qaytarib.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026