Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kuba sanksiyalarining bekor qilinish shartlari va Venesuelada demokratiyani tiklash zarurligi haqida
AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Kubaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish shartlarini ma'lum qildi.
"AQSh Kubadagi buzg‘unchi va halokatli rejimga qarshi bo‘lib, kubaliklarning erkin yashash orzusini qo‘llab-quvvatlaydi. Mening ma'muriyatim Kubada fundamental islohotlar o‘tkazilmas ekan, unga nisbatan sanksiyalar bekor qilinmasligini ma'lum qilgan", - dedi Oq uy rahbari.
Bundan tashqari, Donald Tramp Venesuela aholisining ochlikka yo‘liqqani, mamlakatning o‘zi esa vayron bo‘layotgani, u yerda demokratiyani qayta tiklash zarurligini ta'kidlab o‘tdi.
"Venesuelaning muammosi sotsializmning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganida emas, ularning sotsializmga so‘zsiz itoat qilayotganligidadir. Sovet Ittifoqidan to Kuba va Venesuelagacha, qayerda sotsializm yoki kommunizm g‘oyalari ilgari surilmasin, o‘sha yerda kuchli azob-uqubatlar, parokandalik va tanazzul kuzatiladi. Venesuela xalqi ochlikdan azob chekmoqda, mamlakat esa vayron bo‘lmoqda", - deb hisoblaydi Tramp.
Trampning fikricha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning hali shakllanib ulgurmagan mafkurani targ‘ib qiluvchi "buzg‘unchi rejimi" gullab-yashnayotgan millatni vayron qilgan.
"Biz Venesuelani demokratiyani to‘liq tiklanishiga chaqiramiz", - deya ta'kidladi Tramp.
Mavzuga oid
09:37
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026