O‘zbekiston Ashxoboddagi turnirda 28 medal oldi, mezbonlar katta farq bilan birinchi o‘rinda
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida 16 sentabr kuni boshlangan Usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi shu vaqtgacha 28 medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda turnir saytida ma'lum qilingan.
Ikki kundan o‘zbekistonlik sportchilar 3ta oltin, 5ta kumush va 20ta bronza medal qo‘lga kiritgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinda katta farq bilan Turkmaniston joylashgan (29-21-12). Eron esa ikkinchi o‘rinda (4-2-6).
O‘zbekiston termasiga ikkinchi kungi musobaqalarda uchinchi oldin medalni balandlikka sakrash musobaqasida Nadiya Dusanova olib berdi. Mazkur musobaqada ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Safina Sa'dullayevaga kumush medal nasib qildi.
Turnirda 65 delegatsiya jami 6000dan ortiq sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
21:50 / 10.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi
10:00 / 02.06.2024
Tatimagan tekin muzqaymoq, Ashxoboddagi janjal va noodatiy mega tirbandlik, – 1 iyun Toshkentda qanday o‘tdi?
14:18 / 01.06.2024
Toshkentda 1 iyun kuniga rejalashtirilgan «tekinga narsa tarqatish» kabi turli aksiyalar to‘xtatildi
07:40 / 02.11.2023