65 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlaridan “qochmoqchi” bo‘lganlar fosh etildi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan xorijiy fuqaro S.Mexmet boshqaruvida Turkiyadan respublikamizga yetib kelgan yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, navbatdagi bojxona qoidabuzarligi fosh bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi “Perfect Leather Manufacture” MChJ nomiga keltirilayotgan yuklar aslida qiymati 27 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi 21 tonnadan ortiq tovarlar bo‘lishi lozim edi.
Ammo, bojxona ko‘rigi davomida konteynerdagi tovarlar bilan yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma'lumotlar o‘rtasida tafovut mavjudligi aniqlandi. Sodda qilib aytganda mazkur tovarlar hujjatlardagidan ko‘ra ortiqcha miqdorda ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridan qayd etilmagan ayollar kosmetik mahsulotlarining umumiy qiymati 140 mln.ortiq so‘mni tashkil qildi. Ulardan davlat byudjyetiga 65 mln. so‘m bojxona to‘lovlari to‘lanishi lozim bo‘lardi.
Hozirda ushbu tovarlar vaqtincha saqlovga olib qo‘yildi va mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu borada raqamlarga murojaat qilsak, 2017 yil davomida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona ko‘rigi davomida 73 ta holatda yuk kuzatuv hujjatlarda ko‘rsatilmagan, 5 mlrd. so‘mlik tovar moddiy boyliklar olib kirilayotganligi aniqlandi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024