BMTning din va e'tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi O‘zbekistonga tashrif bilan kelishi kutilmoqda
19 sentabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi Bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, chinakam demokratik huquqiy davlat barpo etishning qat'iy tarafdori ekanini ta'kidlab o‘tgan.
Shuningdek, prezident 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Oliy komissarga minnatdorlik bildirdi.
Zayd Raad al-Husayn O‘zbekiston va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi (IHOKB) o‘rtasidagi amaliy va ochiq muloqotni kengaytirish va mustahkamlashga yangi sur'at baxsh etgan 2017 yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlarini yuksak baholadi. Iyun oyida parlament Boshqarma bilan hamkorlik bo‘yicha 90 dan ortiq tadbirdan iborat harakatlar rejasini qabul qildi. IHOKBning Bishkekdagi mintaqaviy ofisi bilan faol hamkorlik rivojlanmoqda. Sentyabr oyi boshida ushbu ofis rahbari O‘zbekistonda bo‘ldi. Sentyabr oyi oxirida BMTning din va e'tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi A.Shahidning O‘zbekistonga tashrif bilan kelishi rejalashtirilgan.
Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga 2017 yil 10-11 noyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etishga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024