Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya prezidenti Yer aholisi uchun universal fuqarolik joriy qilish tashabbusi bilan chiqdi
Foto: AP
Boliviya prezidenti Evo Moralesning fikricha, noqonuniy immigratsiya muammosi Yer aholisining barchasi uchun yagona yoki "universal" (umumiy) fuqarolik taqdim etish yo‘li bilan hal etilishi kerak. U BMT Bosh Assambleyasining umumsiyosiy muhokamalari chog‘ida shunday bayonot berdi.
“Boliviya devorlar qurilishi va migratsiyani jinoyat deb topadigan qonunlar ishlab chiqishni qoralaydi. Buning uchun biz universal fuqarolikni taklif etamiz. Hozirgi ijtimoiy va migratsiya inqirozining asl sabablari – o‘z foydasi va iste'mol bozorlari uchun zo‘ravonliklarni keltirib chiqarishi, tengsizlik paydo bo‘lishi va ona Yerni vayron qilishi ko‘rinadi. Iqtisodiy inqiroz yoki beqarorlik uchun mas'uliyatni muhojir zimmasiga yuklab bo‘lmaydi”, - degan Morales.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlarga jinoyatchilardek muomala qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. "Muhojirlarning hech biri noqonuniy hisoblanmaydi. Ayrim hukumatlar ushbu holatga olib keluvchi ko‘rinishlar - urushlar, iqlim o‘zgarishlari oqibatlari yoki iqtisodiy notenglikka barham berish o‘rniga muhojirlik siyosatida yangi cheklovlar joriy qilish, ommaviy deportatsiyalar va devor qurish bilan cheklanmoqda", - deb qo‘shimcha qilgan Boliviya rahbari.
"Barcha orzu qilgan universal fuqarolikka olib keluvchi jahon paktini imzolashga chaqirishga ruxsat bergaysiz. Chunki fuqarolar va xorijliklar o‘rtasida hech qanday toifa yoki farq mavjud emas. Biz hammamiz insonlar hamda ona Yer farzandlarimiz", - degan Morales.
Mavzuga oid
12:21 / 20.10.2025
Boliviyadagi prezidentlik saylovida Rodrigo Pas g‘alaba qozondi
18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi
22:37 / 27.10.2024