Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev BMT faoliyatini yaxshilash uchun XK a'zolar safini kengaytirishni taklif qildi
19 sentabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh qarorgohida o‘z ishini boshlangan Bosh Assambleya 72 sessiyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida ilk bor chiqish qildi.
Unda mamlakat rahbari o‘z so‘zlarini O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasi, "Xalq bilan muloqot va Inson manfaatlari" yilida qabul qilingan davlat dasturi haqida ma'lumotlarni keltirish bilan boshladi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida aholini ijtimoiy himoya qilish, inson huquqlarini himoya qilish, bola mehnatidan foydalanmaslik, shuningdek, davlat organlarining xalqqa xizmat qilishi haqida o‘z fikrini bayon etdi.
"Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi. Sentyabr oyida barcha tijorat banklarda milliy valyutaning erkin konvertatsiya amaliyotiga o‘tishi ta'minlandi, mamlakatda ilk bor biznes-ombudsman lavozimi joriy etildi”, deydi prezident.
O‘zbekiston rahbari BMT faoliyatiga to‘xtalib o‘tar ekan, uning kelgusida barqaror ish olib borishi uchun Xavfsizlik Kengashiga a'zo davlatlar sonini oshirishni taklif qildi.
Mavzuga oid
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026