Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp BMT Bosh assambleyasidagi chiqishidan faxrlanishini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi obunachilari bilan BMT Bosh assambleyasidagi chiqishidan faxrlanishi haqida bo‘lishdi.
Tramp shu kunlarda Nyu-Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasidagi ilk nutqidan faxrlanishini ma'lum qilgan.
"Men uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlatlari oldida nutq so‘zlash katta sharaf bo‘ldi", deb yozgan Tramp tvitterda va xabarga o‘z suratini ilova qilgan.
Tramp BMT minbaridan so‘zlagan nutqida bir nechta balandparvoz bayonotlar qilgan. Jumladan, u Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni "raketa-odam" deb atagan holda "Shimoliy Koreyani butkul yo‘q qilib yuborish"ga va'da bergan.
"Raketa-odam o‘zi va tuzumi uchun halokatli missiyani boshladi", deb aytgan Tramp va AQSh "Shimoliy Koreyani yo‘q qilishga tayyorligi, buni istashi va bunga qodirligini, biroq ish bungacha bormasligiga umid qilishini" qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, Tramp "islom ekstremizmini to‘xtatishga" va'da bergan va navbatdagi marta Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni AQSh qachondir tuzgan eng yomon bitimlardan biri ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026