Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘nlab davlatlar yadroviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi
Iyul oyida 122 ta davlat tomondan qo‘llab-quvvatlangan Yadro qurolining taqiqlanishi haqidagi xalqaro kelishuv BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida imzolandi.
50dan ortiq davlat Shimoliy Koreyaning yadro va raketa sinovlari sababli keskinlik avj olgan bir paytda ushbu hujjatni imzoladi. Shu bilan birga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa davlatlar bunga qarshi chiqishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kelishuvning maqsadi sifatida butun dunyoda yadro quroli taqiqlanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, hujjatda uni imzolagan davlatlar tomonidan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilsa, sanksiyalar qo‘llanishi nazarda tutilmagan.
Yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlar va nohuqumat tashkilotlari bu kelishuvni yadro qurolini to‘liq yo‘q qilishdagi muhim qadam deb atashdi.
Ushbu kelishuv uni 50ta davlat ratifikatsiya qilgandan 90 kun o‘tib kuchga kiradi.
"Bugungi kunda 15 mingga yaqin yadro o‘q-dorisi mavjud va biz bu dahshatli qurolga bizning dunyo va kelajagimizga tahdid qilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", deb aytgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.
Kelishuv iyulda Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar ishtirok etmagan bir necha oylik muzokaralardan keyin 122 ta davlat tomondan qabul qilingandi.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
19:31 / 27.03.2026