Maktab direktori fondi mablag‘larini kim nazorat qiladi?

Foto: KUN.UZ
SAVOL: Maktab direktori fondi uchun ajratilgan mablag‘ni tuman moliya bo‘limi qisqartirishi mumkinmi?
Sobitxon Mamajonov
JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 275-sonli «Umumta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi to‘g‘risida»gi Nizomning 6-bandiga muvofiq, direktor jamg‘armasi umumta'lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi.
Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori moliya yili uchun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan 7 090 000 «Ta'lim» bo‘limining kichik bo‘limlari bo‘yicha mehnatga haq to‘lashga byudjyet xarajatlari hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shuningdek, «Byudjyet tashkilotlari va byudjyet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi (ro‘yxat raqami №2634, 2014 yil 15 dekabr) Nizomning 61-bandiga ko‘ra, hududiy moliya organlari xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin byudjyet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini hamda umumta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining direktor jamg‘armasi to‘g‘ri shakllantirilganligi tekshirish lozimligi belgilangan.
Savolga huquqshunos Foziljon XATAMQULOV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
Jahon | 14:43
-
Toshkentda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:41
-
Hindistonga qarshi operatsiya boshlagan Pokiston, ozod qilingan O‘zturk va AQShga bojlar bilan tahdid qilgan YeI – kun dayjesti
Jahon | 14:37
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 49 mlrd dollardan oshdi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi

08:10 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

15:57 / 25.02.2025