O‘zbekiston | 22:49 / 21.09.2017
99762
2 daqiqa o‘qiladi

Muborak gazni qayta ishlash zavodi​da yuz bergan falokat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Foto: Norma

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Qashqadaryo viloyatidagi "Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJda yuz bergan faqulodda holat bo‘yicha rasmiy xabar berdi.

"2017 yilning 20 sentabr kuni “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ sexida gazdan propan va butan ajratish qurilmasini tozalash vaqtida, ehtiyotsizlik oqibatida zavod ishchilaridan 4 nafari gazdan zaharlangan.

Natijada 3 nafar xodim – sex boshlig‘i A'zam Kuliyev, operatorlar Qudrat To‘rayev va Umrzoq O‘rinov birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay voqea joyida vafot etishgan.

Operator Davron Botirov Muborak tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Mazkur holatning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va bu kabi hodisalarning oldini olish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Komissiya tomonidan vafot etganlarning oila a'zolariga barcha zaruriy yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda”.

Mavzuga oid