Havo harorati keskin tuşib ketişi ortidan respublikaning bir qator hududlaridagi yirik daryolar, köllar, hattoki şarşaralar muzlaşi kuzatildi. Şu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga murojaat qilib, ularni ogohlikka çaqirdi.
Unga köra, uşbu hududlarda aholi, ayniqsa, yoş bolalar köngil oçiş maqsadida konki va çanalarda uçmoqda.
«Sönggi kunlarda havo harorati ançayin iliqlaşgan bölsa-da, köllarni qoplagan muzlar erib ketgani yöq. Respublika hududlaridagi köllarning muz qoplamalari qalin bölmagani sababli yoriliş ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uçayotganlar hayoti uçun xavfli hisoblanadi», deyiladi vazirlik xabarida.

Şu munosabat bilan aholi köllar ustidagi muzlarda uçmaslikka çaqirildi.
Bundan oldinroq Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida hosil bölgan sun’iy köl muzlab, aholining sevimli maskaniga aylangani xabar qilingandi.













