Buxoro viloyatida qamishzordagi yong‘inni o‘chirishga 100 dan ortiq qutqaruvchi jalb etildi
Peshku tumanidagi qamishzorlarda chiqqan yong‘in 100 gektar maydonni qamrab olgan. Yong‘inni bartaraf etish ishlariga 107 nafar qutqaruvchi va mudofaa vazirligi vertolyoti jalb etilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
24 avgust kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi Qoraqir massivi hududida qamishzorlarda yong‘in yuzaga keldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilar Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yuzaga kelgan yong‘inni muvaffaqiyatli bartaraf etayotgani haqida xabar berdi.
«O‘tgan kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Qoraqir massivi hududidagi qamishzorda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ushbu maydon aholi punktlaridan uzoqda joylashgani sababli aholiga va ularning mol-mulklariga xavf solmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining 107 nafar xodimdan iborat yong‘in-qutqaruv brigadalari zudlik bilan yong‘in joyiga yetib borgan. Yong‘in chuqur botqoqlik hududida bo‘lgani sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv texnikalaridan foydalanishning imkoni bo‘lmadi. Shu sababli yong‘in qo‘lda ishlatiladigan asbob-anjomlar orqali bartaraf etilmoqda.
Bugun yong‘inni o‘chirishga Mudofaa vazirligining maxsus vertolyoti ham jalb qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in 100 gektar maydonni qamrab olgan bo‘lib, uning 80 foizini o‘chirishga erishildi. Yaqin soatlar ichida yong‘in to‘liq o‘chiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Iqtisodiyot | 11:09
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston | 11:07
-
UZTELECOM – 12 million vatandoshlarimiz ishonch bildirgan tarmoq
O‘zbekiston | 11:00
-
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
Jahon | 10:45
Mavzuga oid

19:12 / 17.04.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

11:39 / 14.04.2025
“Patirxonam bo‘lishini orzu qilardim” – patirchi ayollar tumanidan reportaj

08:12 / 14.04.2025