19:50 / 21.09.2017
10328

Oliy liga. Toshkent derbisida «Paxtakor» g‘alaba qozondi

O‘zbekiston chempionatining 22-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda Toshkentning ikki jamoasi «Lokomotiv» va «Paxtakor» jamoalari kuch sinashdi.

Uchrashuvning asosiy qismida jamoalar asosiy qismida ikkala jamoa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilgani uchun hisob ochilmay turgandi. Biroq 83-daqiqaga kelib muvozanat buzildi. Gidi Kanyukning jarimadan yetkazib berilgan to‘piga birinchi bo‘lib yetib kelgan Marko Simich boshi bilan Nesterov darvozasini aniq nishonga oldi. Ushbu gol o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi va natijada «Paxtakor» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Paxtakor» hisobidagi ochkolar soni 38taga yetdi. «Loko» esa 45 ochko bilan yetakchilikni davom ettirmoqda.

Oliy liga, 22-tur

«Lokomotiv» – «Paxtakor» 0:1 (0:0).
Gol: Marko Simich (83)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteyev, Kaxi Maxaradze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Ikrom Aliboyev, Sardor Mirzayev, Jaloliddin Masharipov, Olabirang Blessing (Diyor Turopov, 66), Murod Bobojonov (Azizbek Amonov, 79).
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Sherzod A'zamov, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Rostin Griffits (Akbar Ismatullayev, 69), Suhrob Nurulloyev (Kamoliddin Tojiyev, 88), Gidi Kanyuk, Tiago Bezerra, Igor Sergeyev (Doston Ibrohimov, 78).

Ogohlantirishlar: Aliboyev (70), Hoshimov (74), Temur Kapadze (90+2).

Top