Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko va Erdo‘g‘an strategik hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qilishdi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko BMT Bosh Assambleyasi doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni muhokama qilishdi, deyiladi Ukraina rahbarining rasmiy saytidagi xabarda.
"Ukraina prezidenti Petr Poroshenko BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida Turkiya jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Erdo‘g‘an Turkiyaning Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini, uning xalqaro tan olingan chegaralarida qo‘llab-quvvatlash siyosati o‘zgarmasligini yana bir bor ta'kidladi", — deyiladi xabarda.
Poroshenko va Erdo‘g‘an, shuningdek, Ukraina-Turkiya o‘rtasidagi oliy darajadagi Strategik kengash majlisiga tayyorgarlikni muhokama qilishgan.
Bundan tashqari, "tomonlar kun tartibidagi ko‘p tomonlama dolzarb masalalarni muhokama qilishdi. Ukraina prezidenti Rossiya tomonidan "Qrim-tatar xalqi majlisi" yetakchilari, jumladan Axtem Chiyg‘oz va Ilma Umarovlarning ta'qib qilinishini tanqid qildi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
14:29 / 14.04.2026
Turkiyadagi litseyda otishma ro‘y berdi
09:48 / 14.04.2026
Madyar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
09:48 / 13.04.2026