Jahon | 20:03 / 22.09.2017
17411
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Olmaota iqtisodiyoti Qirg‘iziston va Tojikiston yalpi ichki mahsulotidan 5 marta ko‘proq

Foto:lenta.inform.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining Olmaotaga safariga yakun yasadi. Bu haqda akorda.kz sayti xabar bermoqda. Nazarboyevning aytishicha, shaharda o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish uchun butun Qozog‘iston bo‘ylab eng yaxshi sharoitlar yaratilgan. 

Nazarboyevning ta'kidlashicha, Olmaota yirik iqtisodiy markaz sifatida shakllanib, dunyo darajasidagi megapolisga aylangan.    

"Mustaqillik yillarida shaharning iqtisodiy ko‘rsatkichlari jadal o‘sdi va yuqori ko‘rsatkichlarga yetdi. Menga taqdim qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Olmaota iqtisodiyoti hajmi Gruziya yalpi ichki mahsulotidan 2 marta hamda Qirg‘iziston va Tojikiston YaIMidan deyarli 5 marta kattaroqdir. Bu esa nafaqat shaharning, balki davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi ko‘rsatkichi hisoblanadi", deb aytgan Nazarboyev. 

"Olmaota respublika byudjyeti donori hisoblanadi, megapolis butun respublika bo‘ylab kichik va o‘rta biznes bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish qilmoqda", deb qo‘shimcha qilgan Nazarboyev.  

Uning fikricha, shaharda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish va ariqlar tizimining to‘laqonli ishlashini ta'minlash kerak.

Mavzuga oid