Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev: White & Case xalqaro yuridik firmasi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi
Dunyoga mashhur White & Case LLP – xalqaro yuridik firmasi Toshkentda vakolatxonasini ochadi. Prezident Mirziyoyevning AQShga safari chog‘ida ushbu firma bilan adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan. Ushbu firma O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asosini ishlab chiqishda bevosita ko‘maklashadi. Bu haqda XPKning navbatdagi majlisida ishtirok etgan Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu firma vakolatxonasi 2018 yil yanvaridan o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda.
White & Case LLP Nyu Yorkda joylashgan xalqaro miqyosdagi yuridik firma bo‘lib, 1901 yilda tashkil topgan. Firma xalqaro arbitraj va loyihalarni moliyalash, M&A (mergers and acquisitions — qo‘shilish va yutilish – biznes va kapitalning yiriklashuvi bilan bog‘liq iqtisodiy jarayon) sohasida bilimdonligi bilan tanilgan. Shu narsa ma'lumki, White & Case yuridik firmalar uchun M&A ligasida 2016 yili 1-o‘rinni egallagan. Global arbitraj tahlili White & Case firmasini 2016 yilning Birinchi raqamli xalqaro arbitraj firmasi deb topgan.
Firma tashkil topganidan so‘ng, yiriklashib AQShning Nyu Yorkdan boshqa shaharlari hamda dunyoning boshqa nuqtalarida ham o‘z bo‘limlarini ochdi. U rivojlanayotgan bozorlar, xususan, Lotin Amerikasi, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Afrika, Yaqin Sharq va Osiyoga kirib borgan. White & Case dunyoning 28 mamlakatida 40 ta idorasiga ega.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026