Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada yangi parlament saylandi
Yangi Zelandiyadagi parlament saylovlarida hukmron Milliy partiya g‘olib bo‘ldi. Bu partiya oxirgi 9 yil davomida yetakchilikni saqlab kelmoqda.
100 foiz byulletenlar hisob-kitob qilingandan keyin partiya 46 foiz ovoz olgani ma'lum bo‘ldi. Shu tariqa, bu partiyani bir million kishi qo‘llab-quvvatlagan. Endi partiya parlamentdagi 120 ta o‘rindan 58 tasiga umid qilishi mumkin.
2-o‘rinni Leyboristik partiya 35,8 foiz ovoz bilan egalladi va unga parlamentdagi 45 o‘rin tegadi.
Bu partiyalardan har biri boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzishiga to‘g‘ri keladi, chunki ular parlamentda hukumatni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan mutlaq ko‘pchilikni olisha olmagan.
Hammasi bo‘lib saylovlarda mamlakatning 2,1 mln aholisi ishtirok etgan. Yakuniy natijalar saylov komissiyasi tomondan 7 oktabrda chop etiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025