23:54 / 23.09.2017
7481

APL. «Liverpul» «Lester»ga qarshi murakkab o‘yinda g‘alaba qozondi

Angliya premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Lester» bir hafta oldin Liga kubogida ustun kelgan «Liverpul»ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki qismida «Liverpul» Muhammad Saloh va Filippe Koutino tomonidan kiritilgan  gollar evaziga oldinga chiqib olgandi, birinchi bo‘lim so‘nggida Shinji Okazaki farqni bittaga qisqartirdi, ikkinichi bo‘limda Jordan Hendersonning goli farqni yana ikkitaga yetkazgandi. Biroq Jyeymi Vardi bir daqiqa o‘tar-o‘tmas farqni yana minimal ko‘rinishga olib keldi - 2:3. Ammo uch daqiqa o‘tib u penaltidan foydalana olmadi va bu jamoaga qimmatga tushdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va «Liverpul» uch kun oldingi mag‘lubiyat uchun qaysidir ma'noda o‘ch oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» hisobidagi ochkolar soni 11taga yetdi va jamoa 4-6 o‘rinlarni «Tottenhem» va «Uotford» bilan bo‘lishib turibdi.

Angliya premer-ligasi, 6-tur

 Lester – Liverpul 2:3 (1:2)

Gollar: Okazaki (45+3), Vardi (69) – Saloh (15), Koutino (23), Henderson (68).
Noaniq penalti: Vardi (73, darvozabon).
Lester: Shmeyxel, Simpson, Morgan, Maguayr, Chiluell, Marez (Grey, 61), Ndidi, King, Olbrayton (Slimani, 80), Okadzaki (Ixeanacho, 74), Vardi.
Liverpul: Minole, Gomes, Matip, Lovren, Moreno, Djan (Milner, 74), Xenderson, Veynaldum, Salax, Firmino (Starridj, 64), Koutino (Oksleyd-Chemberlen, 79).
Ogohlantirishlar: Olbrayton (17), Ndidi (22), Matip (45), Lovren (56), Minole (72), Vardi (90).

Top