Transfer kampaniyasi
«Lester» har doim futbolçilarni muvaffaqiyatli sotiş xususiyati bilan tanilgan: Maguayr, Mahrez, Çilluell, Drinkuoter va Kante transferlari haqida öylab köriş kifoya, ular «tulkilar»ga jami 278,7 million yevro keltirdi. Bu yoz ham mustasno bölmadi: Uesli Fofana tarixdagi eng qimmat himoyaçilardan biriga aylanib, 80,4 million yevro evaziga klubni tark etdi. Ammo yangi xaridlar bilan boğliq muammo paydo böldi – klubning qaydnomasi tölib ketgandi.
«Lester»da Rojyersga ham, boşqa klublarga ham kerak bölmagan futbolçilar töplanib qoldi. Bunga yorqin misol – Yannik Vestergor, ötgan yozda 17,6 million yevro evaziga «tulkilar» safiga qöşildi, biroq omadsiz seriyalari tufayli bir yil içida bor-yöği 10 ta öyin ötkazdi, hozirda esa hatto qaydnomaga kiritilmay qöydi. Daniyalik himoyaçi avvalroq «Sauthempton»da yuqori saviyasini körsata olgan bölsa-da, bu yozda unga faqat «Fulhem» qiziqdi.
3 yil oldin «Arsenal»dan olingan Dennis Prat ham şunday yölovçilardan biri. «Lester» lageridagi dastlabki ikki mavsumida belgiyalik futbolçi 42 ta öyin ötkazdi, 5 ta gol urdi. Ammo, 2021/22 yillar mavsumida Italiyaning «Torino» klubiga ijaraga berildi. U yerda örnaşib qololmadi va Angliyaga qaytdi. Hozir esa har 2-3 ta öyinda 15 daqiqa köriniş beryapti.
Tajribali Rayan Bertran ham asosiy tarkibda örnaşib qololmadi. Premer-Ligada bir yil davomida 300 daqiqadan köproq vaqt ötkazdi, biroq haftasiga 50 ming funt olişdan töxtamadi.

«Lester»ning muammosi şundaki, hozir klubda bunday futbolçilar juda köp. Ular sifatli kuçayiş va yangi transferlarni amalga oşiriş imkonini bermaydi. Şu bois «tulkilar» butun yoz davomida faqat darvozabon Aleks Smitisni erkin agent sifatida taklif qilib, Fofana örniga Vout Fasni sotib olişdi.
Rahbariyat «Nitssa»ga ötib ketgan darvozabon Kasper Şmeyxelga örinbosar xarid qilmadi. Hozir Denni Uord asosiy tarkibda tuşmoqda. Uning öyinlariga savollar bor: «tulkilar» har bir bahsda örtaça 2,66 (!) gol ötkazib yubormoqda. Angliyada bu körsatkiç böyiça faqat «Bornmut» orqada.

Hujumda ham muammolar bor: yoşi ötib borayotgan va jarohatlarga moyil bölib qolgan Jyeymi Vardiga örinbosar kerak. Ammo Iheanaço ham, Daka va Peres ham 2-3 öyindan ortiq yuqori saviyada öynaşga tayyor ekanligini Rojyersga isbotlab bera olişmadi.
















