Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam olib ketayotgan vertolyot falokatga uchradi
Meksikadagi zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yuk olib ketayotgan Meksika bosh prokuraturasining vertolyoti Oaxaka shtatining San-Karlos-Yautepek munitsipalitetida falokatga uchradi. Bu haqda Sinembargo nashri xabar bermoqda.
Meksika fuqarolik mudofaasi milliy koordinatori Luis Felipe Puentening aytishicha, falokat oqibatida 3 kishi jarohat olgan, 4 kishiga hech narsa qilmagan. Falokat sabablari ko‘rsatilmagan.
23 sentabrda Puente Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 293 nafarni tashkil qilayotganini ma'lum qilgandi. Qurbonlar Mexiko shahri, Morelos, Puebla, Mexiko, Gerrero va Oaxaka shtatlarida yashaganlar.
19 sentabrda Meksika janubidagi Pueblo-de-Saragosa shahridan g‘arb tomon 98 km uzoqlikda 7,1 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Bundan keyin magnitudasi 4,0 ballgacha yetgan yana 11 ta zilzila qayd etilgan. Zilzila oqibatida ko‘plab aholi boshpanasidan ayrilgan. 4 mln ga yaqin meksikalik elektr energiyasiz qolib ketgan.