Fojia 14 iyun kuni Rio-de-Janeyro şahrining Rekreyo-dus-Bandeyrantes tumani osmonida sodir bölgan. Mahalliy qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga köra, ikki vertolyot havoda töqnaşib ketgan va şundan söng yerga qulab tuşgan.

Vertolyotlardan birida beş nafar yölovçi, ikkinçisida esa uçuvçi bölgan. Hodisa oqibatida barça yölovçilar va pilot halok bölgan.

Xalqaro axborot agentliklari politsiya manbalariga tayanib xabar berişiça, qurbonlar orasida 32 yoşli amerikalik xonanda va qöşiq muallifi Oliver Tri ham bölgan. U Braziliyaga jahon gastrol safari doirasida taşrif buyurgan edi.

Halok bölganlar orasida, şuningdek, braziliyalik musiqa prodyuseri, argentinalik videorejissyor va YouTube blogeri Gaspar Prim ham borligi aytilmoqda.

Töqnaşuvdan keyin har ikki vertolyot elektromobillar avtosalonining avtoturargohi hududiga qulab tuşgan. Zarba oqibatida yonğin kelib çiqqan va qariyb 20 ta avtomobil yonib ketgan.

Huquq-tartibot idoralari va qutqaruvçilar hozirda hodisa sabablarini örganmoqda. Tergovning dastlabki bosqiçida texnik nosozlik, inson omili yoki parvozlarni muvofiqlaştirişdagi xatolar ehtimoli körib çiqilmoqda.

Rasmiylarning bildirişiça, qurbonlarning jasadlari qattiq kuygani sababli ularni darhol tanib oliş imkoni bölmagan. Şu bois şaxslarni aniqlaş uçun qöşimça ekspertizalar ötkazilmoqda.

Oliver Tri sönggi yillarda xalqaro miqyosda maşhurlikka erişgan ijroçilardan biri hisoblanadi. Uning Life Goes On, Miss You va Alien Boy kabi qöşiqlari millionlab tinglovçilarga ega bölib, Spotify platformasida har oy 11 milliondan ortiq foydalanuvçi uning ijodini tinglab kelar edi. Ayrim kompozitsiyalari esa 700 milliondan ziyod eşitilgan.