Jahon | 23:29 / 23.09.2017
7143
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida Milliy kun nishonlanmoqda

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud tvitterda qirollik fuqarolarini 23 sentabrda nishonlanadigan milliy bayram bilan tabrikladi. Bu kun Najd, Hijoz, Al-Hasa va Katif viloyatlarining 1932 yilda yagona qirollikka birlashishi kuni sifatida nishonlanadi.    

Qirolning aytishicha, Saudiya Arabistoni ezgulik va vatanparvarlik uchun kurashda istehkom bo‘lib qoladi.

"Har yili davlatimizga shon-shuhrat va farovonlik yo‘ldosh bo‘lsin. Qirollik ezgulikni, o‘z vatanini sevuvchi barcha uchun kuchli istehkom bo‘lib qoladi", deb yozgan qirol.

Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qirollik tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan qirollikdagi ayollarga turli tadbirlar o‘tgan stadionga kirishga ilk bor ruxsat berildi. Ta'kidlanishicha, qirol Fahd nomidagi xalqaro stadionda operetta namoyish qilingan. Hukumat bunday qarorni mamlakat qiyofasini xorijda yaxshilash va saudiyaliklar turmush tarzini yaxshiroq qilish maqsadida qabul qilgan.  

Mavzuga oid