Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Iroqda terrorchilik uchun sudlangan 42 kishi qatl etildi
Iroq hukumati terrorchilik faoliyati uchun sudlangan 42 kishiga nisbatan o‘lim jazosini amalga oshirdi. Bu haqda Shafaq News yangiliklar portali xabar bermoqda.
Iroq adliya vazirligida ushbu xabar tasdiqlangan. Iyun oyida ham shu modda bo‘yicha 14 kishi qatl etilgan.
IShID terrorchilik guruhi tomondan ushlab turilgan Mo‘sul, Tall-Afar va boshqa shaharlar jangarilardan ozod qilingandan keyin, hukumat kuchlari qo‘liga minglab jangarilar, jumladan xorijliklar asirga tushgan. Ulardan har biriga nisbatan sud taftishi olib borilmoqda.
O‘tgan haftada Bag‘dodga tashrif buyurgan Belgiya parlamenti delegatsiyasining ta'kidlashicha, Bryussel Iroqning terrorchilarga nisbatan qattiqqo‘lligini qo‘llab-quvvatlaydi va jangarilarga amnistiya bermaslikka chaqiradi.
Mavzuga oid
18:18 / 24.06.2026
Iordaniyada 9 yil ichida birinchi marta guruhli o‘lim jazosi qo‘llanildi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
08:38 / 18.05.2026
2025 yilda dunyo bo‘yicha 2700 dan ortiq kishi qatl etildi
23:18 / 07.04.2026