Human Righs Watch xabariga köra, qatl etilgan ikki kişi ayblov versiyasiga köra, 2018 yil 10 avgust kuni Fuxays şahridagi festival ötkaziladigan joy yaqinidagi xavfsizlik kuçlarining qöşma patruli yonida bomba portlatgan, oqibatda ikki jandarmeriya xodimi halok bölgan va olti kişi yaralangan. Ertasi kuni portlaşni uyuştirganlikda gumon qilinganlarni qölga oliş operatsiyasi çoğida yana tört nafar politsiyaçi halok böldi.

Uçinçi qatl etilgan kişi 2022 yil dekabr oyida Ma’an şahrida politsiya patrulini pistirma qilgan, oqibatda Ma’an politsiya boşqarmasi direktori örinbosari halok bölgan. Qolgan uç nafar mahkum giyohvand moddalar savdosiga qarşi operatsiyalar paytida huquq-tartibot idoralari xodimlarini öldirgani uçun qatl etilgan.

2014 yil dekabr oyida Iordaniya 8 yillik norasmiy moratoriydan söng qotillikda ayblangan 11 kişini qatl etiş orqali ölim jazosini qayta tikladi. 2017 yil mart oyida 15 nafar erkak qatl etildi, ulardan 10 nafari Davlat xavfsizlik sudi tomonidan terrorizm bilan boğliq ayblovlar böyiça hukm qilingan. Şu bilan birga, har yili mamlakatda bir neça yuz kişi ölim jazosiga hukm qilinadi.