Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Yamanga yordam uchun 8 mlrd dollar sarflagani ma'lum qilindi
Saudiya Arabistoni bir necha yil ichida Yamanga yordam ko‘rsatish maqsadida 8 mlrd dollar sarfladi. Bu haqda BMT Bosh assambleyasida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildi.
"O‘tgan yillar davomida Saudiya Arabistoni qirol Salmon nomidagi gumanitar yordam markazi, BMT agentliklari va nohukumat tashkilotlari orqali Yamanga yordam uchun 8 mlrd dollar ajratgan", deb ta'kidlab o‘tdi al-Jubayr.
Uning aytishicha, Ar-Riyod Yamanda vaboga qarshi kurashga 62 mln dollar ajratgan. Yamanda bu kasallik sababli 2 mingdan ko‘proq odam hayotdan ko‘z yumgan.
Vazir Saudiya Arabistoni Yamandagi urushga aralashishga majbur bo‘lganini aytdi. "Harbiy operatsiyada ishtirok etish bizning tanlov bo‘lmagan, husiylar sobiq prezident Saloh tarafdorlari bilan noqonuniy to‘ntaruv amalga oshirishgan va biz Yaman xalqini qutqarish uchun vaziyatga aralashishga majbur bo‘lganmiz", deb qo‘shimcha qildi al-Jubayr.
Al-Jubayrning aytishicha, shu bilan birga Saudiya Arabistoni Yamandagi ixtilofni hal qilish uchun siyosiy jarayon o‘tkazilishini va BMTning bu yo‘ldagi barcha sa'y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026