Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Profilaktika inspektorlari aholi oldida qanday hisobot beradi?
2017 yil 18 apreldagi PQ–2896-son “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirining buyrug‘i (2017 yil 13 sentabr) bilan Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yig‘inlarida eshitish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Norma.uz’ning yozishicha, hujjatga ko‘ra profilaktika inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan hudud bo‘yicha tegishli fuqarolar yig‘inlarida har oy yakuni bo‘yicha hisobot beradi.
Yig‘in o‘tkazilishidan 3 kun oldin bu haqda fuqarolar yig‘inida ko‘rinarli joyga e'lon osib qo‘yiladi hamda aholiga yetkazish choralari ko‘riladi. Profilaktika inspektori faoliyatiga aholi tomonidan haqqoniy baho berilishini ta'minlash maqsadida fuqarolar yig‘ini raisi hududdagi uylar aholisi (ularning vakillari) qatnashishini ta'minlaydi. Yig‘inga fuqarolarni turli sabablar bilan qatnashishini taqiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitish yakunlariga ko‘ra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi hamda ichki ishlar organi boshlig‘iga taqdim etiladi.
Fuqarolar yig‘ini unda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmaganda fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi, agar unda fuqarolar vakillarining kamida 2/3 qismi qatnashsa, vakolatlidir.
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) qaror unda qatnashganlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda yig‘inni (yig‘ilishni) olib boruvchi mas'ullarning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
2017 yil 1 oktabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
10:03 / 13.11.2025
2025 yil III choragi: ishsizlar ulushi 4,9 foiz
10:11 / 17.07.2025
Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi
13:12 / 14.05.2025