Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya parlamenti yangi konstitutsiyani qabul qildi
Gruziya parlamenti seshanba kungi navbatdan tashqari yig‘ilishda uchinchi, yakuniy o‘qishda mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritishni aksariyat ovoz bilan qabul qildi. Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar boshqaruvning parlament shakliga o‘tilishini ko‘zda tutadi.
Tuzatishlar 117 ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan, ikki kishi qarshi ovoz bergan.
Gruziya parlamenti bundan oldin ikki o‘qishda tuzatishlar paketini qabul qilgandi. Tuzatishlar paketi maxsus tuzilgan Davlat konstitutsion komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular mamlakat boshqaruv tizimining parlament shakliga o‘tishni ko‘zda tutadi.
Konstitutsiyaning yangi varianti prezident Georgiy Margvelashvili, muxolifat va qator nodavlat tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Ular muzokaralar natijasida hukumatga o‘zlarining tuzatish versiyalarini taklif qilishdi, biroq hukmron jamoada konstitutsiyaning yangi variantiga keyinroq tuzatish kiritishga va'da berishdi.
Mavzuga oid
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
21:42 / 08.04.2025