Jamiyat | 20:43 / 26.09.2017
14554
1 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofoti miqdori yana 1 mln dollardan oshdi

Foto: © Pascal Le Segretain/Getty Images

Nobel mukofoti uchun beriladigan pul miqdori joriy yilda o‘tgan yildagiga nisbatan 1 mln kronga (124,22 ming dollar) yoki 12,5 foizga oshadi va 9 mln kronni (1,118 mln dollar) tashkil qiladi. Bu haqda Nobel jamg‘armasi ma'lum qildi.  

Ushbu qaror 2017 yil 14 sentabrdagi yig‘ilishda qabul qilingan. Pul mukofoti har bir nominatsiyada oshadi.

2011 yilda Nobel mukofoti miqdori 10 mln kronga (1,5 mln dollar) yetgan bo‘lsa, 4 yil avval u "noqulay iqtisodiy vaziyat" sababli 8 mln krongacha kamaygan. Shved kronasi kursi pasaygani sababli 2015 yilda bu miqdor 2001 yildan beri birinchi marta 1 mln dollardan kamroq – 950 ming dollarni tashkil qilgandi.

Nobel mukofoti beriladigan hafta 2 oktabrda fiziologiya va tibbiyot sohasidagi sovrindor nomini e'lon qilish bilan ochiladi. 3 oktabrda esa fizika bo‘yicha, 4 oktabrda kimyo bo‘yicha g‘olib nomi e'lon qilinadi.

Mavzuga oid