Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Facebook'ni bloklash bilan tahdid qilishdi
"Roskomnadzor" rahbari Aleksandr Jarov Rossiyada Amerikaning Facebook ijtimoiy tarmog‘ini bloklash bilan tahdid qildi. Kompaniyadan shaxsiy ma'lumotlarni saqlash to‘g‘risidagi qonunga rioya etish talab qilindi. "Interfaks" shu haqida xabar berdi.
Idora rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Facebook 2018 yilda mamlakatdagi faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishi zarur.
"Qonun hamma uchun majburiy. Har qanday vaziyatda biz yo qonunning bajarilishiga erishamiz, yoki kompaniya Rossiya Federatsiyasi hududida ishlashni to‘xtatadi", - dedi Jarov.
U LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i bilan ham shunga o‘xshash vaziyat yuzaga kelganini yodga soldi. Jarov muammoning yechimi uchun muddatga rioya qilishga va'da berdi va "Facebook — mashhur ijtimoiy tarmoq, ammo noyob emas"ligini qo‘shimcha qildi.
"Roskomnadzor" rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya vakillari variantlarni ko‘rib chiqishmoqda, lekin hozircha rasmiy xat yo‘llanmadi.
"2017 yil oxirigacha bu yo‘nalish bo‘yicha tekshiruvlar rejada yo‘q, 2018 yilda o‘ylab ko‘ramiz", - deydi u.
Twitter ma'muriyati, o‘z navbatida, qonunni bajarish muddatlarini belgiladi: mikrobloglar tarmog‘i 2018 yilning o‘rtasiga borib ma'lumotlarni mahalliylashtiradi.
Qonunga muvofiq, rossiyaliklarning ma'lumotlarini qayta ishlovchi maydonlar ularni Rossiya hududida saqlashi kerak.
Mavzuga oid
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
22:31 / 16.06.2026