Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev va Saymon Makdonald O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
2017 yil 25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining doimiy kotibi Saymon Makdonald rahbarligidagi Buyuk Britaniya delegatsiyasi a'zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya rahbari S.Makdonald 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinishiga baho berdi, shuningdek ushbu hujjat doirasida tegishli dasturlar va loyihalarni amalga oshirish borasida O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Suhbat davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida parlamentlararo aloqalarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026