Sport | 21:40 / 26.09.2017
16298
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston futzalchilari Osiyo o‘yinlari finalida Erondan 7ta gol o‘tkazdi

Foto: O‘FF matbuot xizmati

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarining futzal musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Final bahsida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

O‘FF rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston futzal terma jamoasi 1:7 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo o‘yinlarining kumush medallari bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. O‘zbekistonning yagona goliga 29-daqiqada Davron Choriyev mualliflik qildi. 

Yarim finalda O‘zbekistondan yengilgan Yaponiya termasi bronza uchun Afg‘oniston bilan o‘ynadi. Asosiy va qo‘shimcha vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa yaponiyaliklar 3:1 hisobida g‘olib chiqdi.

Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari
Futzal. Final 
Ashxobod, Turkmaniston

Eron – O‘zbekiston 7:1

Gollar: Mahdi Javid (4, 9, 32, 36), Ali Ashar Hasanzoda (21, 37), Hamid Ahmadidazay (31) – Davron Choriyev (29)

Ogohlantirishlar: Artur Yunusov (8), Konstantin Sviridov (31)

Mavzuga oid