O‘zbekiston | 16:38 / 27.09.2017
20990
2 daqiqa o‘qiladi

Elyor G‘aniyev: O‘zbekiston Amerikaga sarxil sabzavotlarni yetkazib beradi

Foto: Xalqaro Press-klub

Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning “Boing 767” rusumli ikkita yo‘lovchi samolyotini transport samolyotiga aylantirish bo‘yicha Amerikaning “Boing” kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgan. Bundan tashqari, yaqin yillarda yana 2 ta “Boing 787-Drimlayner” yo‘lovchi samolyotlarini xarid qilish borasida bitim tuzilgan. Bu haqda Xalqaro Press-klubning navbatdagi majlisida O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev ma'lum qildi. 

“Boing 767” yo‘lovchi samolyotlari yuk tashish maqsadida qayta ta'mirlanib, transport samolyotlariga aylantirilganidan so‘ng, ular yordamida yangi uzilgan sabzavotlar, mevalarni AQShga yetkazib berish imkoni paydo bo‘ladi. Ushbu samolyotning har biri 60 tonna yukni Amerikadagi buyurtmachilarga o‘z vaqtida yetkazib bera oladi. Shu bilan O‘zbekistonning tabiiy, geni o‘zgartirilmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Amerika bozorida sotish imkoni paydo bo‘ladi”, - dedi Tashqi savdo vaziri. 

Uning aytishicha, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan O‘zbek-Amerika biznes forumida O‘zbekistonning nafaqat uran kabi mahsulotlari, balki to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qiziqish bildirilgan. 

G‘aniyevga ko‘ra, biznes-forumda nafaqat Amerika, balki Kanadadagi yirik tadbirkorlar ham ishtirok etishgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid