Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul aeroporti Pentagon rahbarining kelishi chog‘ida o‘qqa tutildi
Foto: Reuters
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi aeroportga jangarilar tomonidan raketalar otildi. Ularning maqsadi AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bo‘lgan, deb xabar bermoqda Tolo News.
Kanalning manbalariga ko‘ra, aeroport hududi va uning atrofiga taxminan 20 ta raketa otilgan.
Natijada yo‘lovchilar va xodimlar evakuatsiya qilindi, parvozlarning amalga oshirilishi to‘xtatildi.
Ta'kidlanishicha, hujum paytida Mettis aeroport hududida bo‘lmagan.
Avvalroq u va NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Kobulga e'lon qilinmagan tashrif bilan kelgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:48 / 19.09.2025
Kobulda O‘zbekiston ishtirokida savdo va logistika korxonasi tashkil etildi
19:02 / 22.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Kobulda «Tolibon» mudofaa vaziri bilan uchrashdi
16:13 / 24.03.2025
Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi
17:22 / 01.10.2022